Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning Norvegiyaga (2:1) qarshi o‘yinida zaxiradan maydonga tushirilmaganidan norozi bo‘lgani haqida fikr bildirdi.
— Ronaldu o‘yindan keyin muxlislar bilan salomlashmagani, shuningdek, uning jamoadagi avtoriteti muammoga aylanayaptimi?
— Bu atigi 10, 15, 20 soniya davom etgan xafagarchilik, xolos. Bu uning 20 yil davomida milliy jamoaga bo‘lgan sadoqatini kamaytirmaydi.
Siz bir necha soniya xafa bo‘lasiz, oradan besh daqiqa o‘tib esa barchamiz milliy jamoamizning muhim g‘alabasini birgalikda nishonlaymiz.
— Ronaldu bilan sodir bo‘lgan bunday holatlarga qanday munosabatdasiz? Bu haqda u bilan gaplashasizmi?
— Rostini aytsam, o‘z nomimdan, Bernardo va Bruno nomidan aytaman: hech kim bu masalaga katta ahamiyat bermaydi. Bunday holatlar boshqalarda bo‘lgani kabi unda ham uchraydi. Menga hech qachon murabbiyi bilan muammosi, murakkab vaziyat yoki nizosi bo‘lmagan, murabbiyidan yoki hatto o‘zidan xafa bo‘lmagan biror futbolchini ko‘rsating?
Bular — hayotda har birimiz duch keladigan tabiiy holatlar. Muhimi, voqealarga kengroq nuqtayi nazardan qaray bilish va oldinga harakat qilish, — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi Record.
Jezush Ronaldu haqida: «Murabbiy bilan nizoga bormagan futbolchini ko‘rsating-chi?»
Futbol
30 sentabr, 15:28
41
Portugaliya ustozi 41 yoshli hujumchining noroziliklarini vaqtinchalik xafagarchilik deb aytdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi