Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianu Ronalduning milliy jamoa safini tark etgani haqida bayonot berdi.
Jamoa sardori bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab milliy jamoa joylashgan bazani tark etdi.
«Portugaliya futbol federatsiyasi hujumchi Krishtianu Ronalduning Kopengagendagi milliy jamoa qarorgohini tark etganini ma’lum qiladi.
Daniya va Norvegiyaga qarshi bellashuvlarga tayyorgarlik reja bo‘yicha davom etadi. Norvegiyaga qarshi bahs «Dragau» stadionida bo‘lib o‘tadi. Tayyorgarlikda milliy jamoaga chaqirilgan qolgan 24 futbolchi ishtirok etadi.
Butun jamoa Portugaliyaning bo‘lajak o‘yinlariga va oldimizga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga to‘liq e’tibor qaratgan holda ishni davom ettiradi», — deyiladi federatsiya bayonotida.
«O‘yinlarga tayyorgarlik reja bo‘yicha davom etadi» — Portugaliya FF Ronalduning ketib qolishi bo‘yicha bayonot berdi
Futbol
30 sentabr, 22:33
31
Federatsiya bor e’tibor bo‘lajak bahslarga qaratilishini ma’lum qildi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi