Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi, avval «Liverpul»ni boshqargan Yurgen Klopp «Manchester Siti»ning moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybdor deb topilgani haqida fikr bildirdi.
59 yoshli mutaxassisdan APLdagi yana bir-ikkita chempionlik unvonini qaytarib olishga umid qilayotgan-qilmayotgani soʻraldi.
«(Kuladi) Albatta, bu xabarlarni eshitdim, lekin bu haqda unchalik oʻylab koʻrmadim. Faqat kutish va nima boʻlishini koʻrish qoladi.
Men Pep Gvardiolaga va «Siti»ning oʻyin uslubiga juda katta hurmat bilan qarayman — ular fantastik futbol namoyish etishdi, biz uchun eng yuqori darajadagi raqib boʻlishdi. Agar klubga qandaydir sanksiyalar qoʻllansa, bunga mening hech qanday aloqam yoʻq — kutib, nima boʻlishini koʻraman.
Menga chempionlik unvoni yoki shunga oʻxshash narsa berilishiga aslo tayyorgarlik koʻrmayapman. «Liverpul» bilan erishgan natijalarimizdan mutlaqo mamnunman. Biz maydonda qattiq kurashdik. Bundan ortiq hech narsa deya olmayman, chunki tafsilotlarni bilmayman va ular meni qiziqtirmaydi», — deya Kloppning soʻzlarini keltiradi Bayern Germany.
Klopp «Siti» ishi haqida: «Kutish kerak. Pep va u boshqargan jamoaning oʻyiniga katta hurmat bilan qarayman»
Futbol
1 oktabr, 00:07
4
«Liverpul» sobiq ustozidan unga yana 1-2 ta APL chempionligini qaytarib olish ehtimoli haqida fikr soʻrashdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi