Angliya Futbol Assotsiatsiyasi (FA) Alvaro Arbeloani hakamlik haqida bildirgan fikrlari uchun aybladi.
APLning 5-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi (1:1) o‘yindan so‘ng «Fulhem» bosh murabbiyi shunday degandi:
«Hakamlar «MYU»ning mag‘lub bo‘lishini istamaydi — barcha qarorlar ularning foydasiga chiqarildi. «Fulhem» g‘alabaga juda yaqin edi».
FA bayonotida shunday deyiladi:
«Fulhem» bosh murabbiyi o‘yindan keyingi intervyuda hakamga nisbatan tarafkashlik borligini anglatuvchi yoki bahs hakamining halolligiga shubha tug‘diruvchi bayonotlar berib, o‘zini munosib tarzda tutmagan.
Alvaro Arbeloa 1-oktabrgacha javob berish huquqiga ega».
Angliya FA Arbeloani «MYU» bilan o‘yindagi hakamlik haqida aytgan gaplari uchun aybladi
Futbol
30 sentabr, 16:30
«Fulhem» bosh murabbiyi bayonoti yuzasidan 1-oktabrgacha javob berishi kerak.
Foto: Getty Images