«Manchester Siti»ning raqiblari «shaharliklar» ishi shu mavsumning o‘zidayoq yakunlanishini xohlamoqda.
APL klublari yakuniy qaror ushbu mavsum tugashidan oldin chiqarilishi, ehtimoliy jazolar esa keyingi mavsumdan kuchga kirishini istamoqda, deb yozadi The Times.
Klub rahbarlaridan biri ishni ko‘rib chiqish jarayoni 2027/28-yilgi mavsumgacha cho‘zilib ketishini «qabul qilib bo‘lmaydigan holat» deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta «shaharliklar» APLning moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha — faqat bittasidan tashqari — aybdor deb topilgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
2023-yil fevral oyida APL «Siti»ni 2009-yildan 2018-yilgacha bo‘lgan davrda moliyaviy qoidalarni 115 marta buzganlikda ayblagandi. Keyinchalik The Times 115 emas, balki 130 ta qoidabuzarlik bo‘lganini xabar qildi.
«Manchester Siti»da ayblov bo‘yicha chiqarilgan qaror ustidan rasmiy apellyatsiya berish uchun juma kunigacha vaqt bor. Ushbu mavsumda joriy etilgan Premyer-liganing yangi qoidalariga ko‘ra, apellyatsiyani ko‘rib chiqish jarayoni 12 hafta ichida yakunlanishi, yakuniy xulosalar esa so‘nggi eshituvdan keyin 30 kun ichida e’lon qilinishi kerak.
Biroq «Siti»ning yuristlari ushbu muddatlar mazkur ishga nisbatan qo‘llanilmasligi kerakligini ta’kidlashi mumkin. Chunki moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha ish yangi qoidalar kuchga kirishidan oldin ko‘rib chiqila boshlangan.
APL klublari «Siti»ning ishi shu mavsumning o‘zidayoq yakunlanishini xohlamoqda
Futbol
30 sentabr, 17:45
«Shaharliklar»ning raqiblari ishni ko‘rib chiqish jarayoni cho‘zilib ketishiga qarshi.
Foto: Getty Images