Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan Daniyaga qarshi o‘yin oldidan milliy jamoa ixtiyorini tark etish qarorini izohladi.
«Bosh murabbiyning matbuot anjumanidan so‘ng va Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti bilan suhbatlashganimdan keyin milliy jamoa yig‘inini tark etishga qaror qildim.
Vaqti kelganda, men har doim sadoqat bilan xizmat qilib kelgan Portugaliya milliy jamoasini nima sababdan tark etganim haqidagi haqiqatni barcha portugaliyaliklarga aytib beraman.
Hozir esa Portugaliyaga va barcha jamoadoshlarimga omad tilaydigan payt», — deya Ronaldu so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq 41 yoshli futbolchi milliy jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezushning jamoada hech qanday ziddiyat yoʻqligi haqidagi bayonotiga qaramay, mashgʻulotlarni tark etgani va yaqin soatlarda Kopenhagendan uchib ketishi kerakligi xabar qilingandi. Shuningdek, murabbiy matbuot anjumanida Ronalduning daniyaliklarga qarshi oʻyinda ishtirok etmasligi mumkinligini maʼlum qilgan.
«Vaqti kelsa, hammasini aytib beraman» — Ronaldu Portugaliya yig‘inini tark etish qarorini izohladi
Futbol
30 sentabr, 15:03
78
41 yoshli hujumchi jamoasiga omad tiladi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi