Portugaliya hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy jamoa yig‘inini tark etdi va yaqin soatlarda Madriddagi shaxsiy samolyotiga chiqib, Saudiya Arabistoniga uchib ketadi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
1 oktabr, payshanba kuni Portugaliya Millatlar ligasining 3-turi doirasida Daniyaga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Kopengagen shahridagi «Parken» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq 41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezushning jamoada hech qanday nizo yoʻqligi haqidagi bayonotlariga qaramay, milliy jamoa mashgʻulotini tark etgani xabar qilingandi. Shuningdek, murabbiy matbuot anjumanida Ronalduning Daniyaga qarshi oʻyinda ishtirok etmasligi mumkinligini maʼlum qilgan.
Portugaliya Millatlar ligasida ikkita o‘yin o‘tkazdi. Ronaldu Uelsga (1:0) qarshi bahsda 67 daqiqa maydonda harakat qildi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Norvegiya (2:1) bilan o‘yinda esa futbolchi maydonga tushmadi.
Ronaldu Portugaliya yig‘inini tark etdi. U Saudiyaga uchib ketadi
Futbol
30 sentabr, 13:58
77
41 yoshli hujumchi Madriddagi shaxsiy samolyotiga chiqib, klubiga yo‘l oladi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi