Daniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Brayan Rimer muxlislar Krishtianu Ronaldüni yetarlicha qadrlamayapti, deb hisoblaydi.
— Menimcha, u — odamlar tomonidan yetarlicha baholanmayotgan futbolchi. Ular uning jamoa ichidagi ahamiyatini kam baholashyapti. U milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaydigan kun kelganda, iyerarxiya bilan bog‘liq katta muammo paydo bo‘lishiga ishonchim komil.
Menimcha, u barcha jarayonlarni qattiq nazorat ostida ushlab turadi va buning ahamiyatini kam baholab bo‘lmaydi.
— Demak, u jamoada bo‘lishga to‘liq haqli?
— Bunga ishonchim komil, — dedi Rimer TV2 efirida.
Daniya ustozi: «Ronaldu Portugaliyadagi faoliyatini tugatsa, jamoada katta muammolar paydo bo‘ladi»
Futbol
1 oktabr, 02:29
21
Rimerning fikricha, 41 yoshli hujumchi yetarlicha qadrlanmayapti.
Foto: Getty Images
01.10.2026, 14:45
UEFA Millatlar ligasi. A liga
Daniya
-
:
-
Portugaliya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi