Bugun
20
O'zbek

Portugaliya futboli rahbari Ronaldu bilan bog‘liq vaziyatni hal qilish uchun Daniyaga bordi

Futbol
29 sentabr, 22:15
    42
Prezident jamoa ichidagi kelishmovchiliklar bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.
Portugaliya futboli rahbari Ronaldu bilan bog‘liq vaziyatni hal qilish uchun Daniyaga bordi
Foto: Getty Images
01.10.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Daniya Daniya - : - Portugaliya Portugaliya

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Millatlar ligasi doirasida Norvegiyaga qarshi safardagi bahsda 41 yoshli Krishtianu Ronalduni maydonga tushirishni dastlab rejalashtirmagan. Bu haqda A Bola xabar berdi.

Mazkur bahsda Portugaliya 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Ronalduning o‘yinni to‘liq zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgani esa jamoa ichidagi vaziyatga e’tibor qaratilishiga sabab bo‘ldi.

Portugaliya milliy jamoasi 1-oktabr kuni Millatlar ligasida Daniyaga qarshi bahs o‘tkazish uchun Kopengagenga kelgan. Shu munosabat bilan Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti Pedru Proensa ham Daniyaga tashrif buyurgan. Mahalliy manbalarga ko‘ra, Proensa, Jezush va Ronaldu ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan. Tomonlar o‘rtasidagi muhit ijobiy bo‘lgani va kelishmovchiliklar bartaraf etilgani aytilmoqda.

Avvalroq Jezush Ronalduni Norvegiyaga qarshi bahsning ikkinchi bo‘limida taxminan 30 daqiqaga zaxiradan maydonga tushirishni rejalashtirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Hujumchi o‘yinoldi qizish mashqlarida qatnashgan, biroq yakunda maydonga tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, bu Ronaldu uchun 18 yil ichida milliy jamoaning rasmiy bahsida to‘liq zaxirada qolgan ilk holat bo‘ldi. Yakuniy hushtakdan so‘ng portugaliyalik hujumchi muxlislar bilan salomlashmasdan to‘g‘ri kiyinish xonasiga yo‘l olgan.

Ma’lumot uchun, Ronaldu 29-sentabr kuni jamoaviy mashg‘ulotda qatnashmadi va mashg‘ulotni sport zalida individual tarzda o‘tkazdi. Portugaliya 1-oktabr kuni Daniyaga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Daniya Daniya
  • Portugaliya Portugaliya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

42 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar