Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente ispan futboli hozirda «dunyodagi eng mukammali» ekanini ta’kidladi.
De la Fuente Bild nashriga bergan intervyusida Ispaniya muvaffaqiyatining asosi sifatida o‘nlab yillar davomida amal qilib kelinayotgan futbol falsafasini qayd etdi. O‘yinchilar yagona konsepsiya asosida futbolning texnik, taktik va psixologik jihatlariga o‘rgatiladi.
«Biz bunga ishonamiz», — dedi de la Fuente.
Ispaniya milliy jamoasi amaldagi jahon va Yevropa chempioni hisoblanadi.
De la Fuente: «Ispan futboli — dunyodagi eng mukammali»
Futbol
1 oktabr, 01:17
Jahon chempionlari ustozi jamoa o‘z falsafasiga amal qilib kelayotganini qayd etdi.
Foto: Getty Images