Football Leaks asoschisi Rui Pintuning aytishicha, FIFA'ning amaldagi prezidenti Janni Infantino «Manchester Siti» va «Pari Sen-Jermen»ga moliyaviy qoidalarni buzgani uchun jazodan qochishda yordam bergan.
O‘tgan hafta «shaharliklar» APLning moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilgani haqida xabarlar tarqalgandi — faqat bitta band bundan mustasno. 2023-yil fevral oyida APL «Siti»ni 2009–2018-yillar davomida moliyaviy qoidalarni 115 marta buzganlikda ayblagandi. Keyinroq The Times nashri gap 115 emas, balki 130 ta qoidabuzarlik haqida borayotganini xabar qildi.
29-sentyabr kuni esa APL klub barcha bandlar bo‘yicha aybdor deb topilganini ma’lum qildi.
«2014-yildayoq «Manchester Siti» bilan bog‘liq qoidabuzarliklar haqida bilgan bir inson bor edi. O‘sha paytda UEFA bosh kotibi lavozimida ishlagan mashhur Janni Infantino o‘z vakolatlarini suiiste’mol qildi, maxfiy hujjatlar bilan tergov palatasini chalg‘itdi. U «Manchester Siti» ham, «PSJ» ham faqat jarima bilan qutulishi, Chempionlar ligasida ishtirok etishni taqiqlashga olib kelishi mumkin bo‘lgan chuqurroq tekshiruvlardan qochishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi.
Bu tafsilotlarning barchasi Football Leaks tufayli oshkor bo‘ldi. Uning UEFA bosh kotibi sifatidagi faoliyati va keyinchalik FIFA prezidenti sifatidagi ishlarini hisobga olgan holda, men faqat o‘z kamtarona fikrimni aytishim mumkin: Janni Infantino futbolning «saraton o‘smasi»ga aylandi va bu o‘yinning kelajagida unga o‘rin bo‘lmasligi kerak», — deya Pintuning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Pintu: «Infantino 2014-yildayoq «Siti» va «PSJ»ning moliyaviy qoidabuzarliklarini bilgan»
Futbol
1 oktabr, 00:52
2
Football Leaks asoschisining fikricha, FIFA prezidenti UEFA'da ishlagan paytidayoq o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilgan.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi