Bugun
20
O'zbek

Shaxmat, reyting. Oʻzbekiston erkaklar jamoasi 5-oʻringa, ayollar jamoasi esa 20-pogʻonaga koʻtarildi

Boshqalar
1 oktabr, 01:40
Har ikki jamoa bir pogʻonadan yuqoriladi.
Shaxmat, reyting. Oʻzbekiston erkaklar jamoasi 5-oʻringa, ayollar jamoasi esa 20-pogʻonaga koʻtarildi
Foto: UzChess Federation

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) e’lon qilgan reytingda Oʻzbekiston bir pogʻona yuqorilab, 5-oʻrinni egalladi.

Jamoaning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisining oʻrtacha reytingi 2637 ni tashkil etmoqda — bu koʻrsatkich bilan Oʻzbekiston erkaklar jamoasi dunyoning yetakchi shaxmat davlatlari bilan bir safda turibdi.

Federatsiyalar reytingi — Top-5:
1. AQSh — 2723
2. Hindiston — 2704
3. Xitoy — 2663
4. Rossiya — 2641
5. Oʻzbekiston — 2637 🔼

Shaxmat. Federatsiyalar reytingi
Foto: UzChess

Oʻzbekiston ayollar jamoasi ham reytingda oʻsishga erishdi. Ular bir pogʻona koʻtarilib, federatsiyalar orasida 20-oʻringa chiqib oldi.

Oʻzbekistonlik eng kuchli 10 nafar shaxmatchi qizlarning oʻrtacha reytingi 2236 ga yetdi.

Ayollar reytingi — Top-3:
1. Xitoy — 2488
2. Hindiston — 2431
3. Ukraina — 2387

...
20. Oʻzbekiston — 2236 🔼

Shaxmat, ayollar. Federatsiyalar reytingi
Foto: UzChess
Bugungi yangiliklar