Bugun, 1 oktabr kuni O‘zbekiston milliy jamoasi Suriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Ushbu bahsda mezbonlar to‘liq ko‘k, darvozabon esa yashil libosda harakat qiladi.
Ma’lumot uchun, bellashuv «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro jamoasi bungacha Eron (3:1) milliy jamoasini mag‘lubiyatga uchratgandi. Ushbu FIFA kunlaridagi so‘nggi o‘rtoqlik o‘yini 6 oktabr kuni safarda Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston milliy jamoasi Suriyaga qarshi ko‘k libosda o‘ynaydi
Futbol
1 oktabr, 03:40
5
Bellashuv «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Foto: UFA
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi