«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasiga qaytmaydi, deb xabar bermoqda O Jogo.
41 yoshli futbolchi kecha, 30 sentyabr kuni Kopenhagenda Daniyaga qarshi Millatlar ligasi oʻyini arafasida bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan mojaro sababli milliy jamoani tark etdi. Endi u bir oydan olti oygacha diskvalifikatsiya qilinishi, shuningdek, jarimaga tortilishi mumkin. Avvalroq Krishtianu milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabarlar tarqalgandi.
Portugaliyaning kundalik sport nashri xabar berishicha, Ronaldu «o‘zini xiyonatga uchraganday his qilmoqda» va uning qarori «qayta ko‘rib chiqilmaydi». U milliy jamoaga qaytmaydi.
«Real»ning sobiq hujumchisi Portugaliya safida 234 ta o‘yin o‘tkazib, 146 ta gol urgan. Har ikki ko‘rsatkich ham jahon futbolida rekord hisoblanadi.
Ronaldu o‘zini xiyonatga uchragan inson kabi his qilmoqda
Futbol
1 oktabr, 05:10
Portugaliya nashri yozishicha, hujumchi milliy jamoaga qaytish variantini ko‘rib chiqmaydi.
Foto: Getty Images