O‘zbekiston milliy jamoasining bugun, 1 oktabr kuni Suriyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik bahsida qaysi hakamlar ishlashi ma’lum bo‘ldi.
O‘FA matbuot xizmati yozishicha, bellashuvni tojikistonlik FIFA hakami Sayyodjon Zayniddinov boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Ismoil Nuraliev va Farhod Kuralov yordam beradi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘yin «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi.
Avvalroq Fabio Kannavaro jamoasi Eron (3:1) milliy jamoasini mag‘lubiyatga uchratgandi. Ushbu FIFA kunlaridagi so‘nggi o‘rtoqlik bahsi 6 oktabr kuni safarda Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston — Suriya o‘yinini tojikistonlik hakamlar guruhi boshqaradi
Futbol
1 oktabr, 04:30
4
Bosh hakam vazifasini FIFA referisi Sayyodjon Zayniddinov bajaradi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi