Bugun, 1 oktabr kuni Millatlar Ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Daniya — Portugaliya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Bellashuv Kopengagendagi «Parken» stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuvni ukrainalik hakam Nikolay Balakin boshqarib boradi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Daniya — Hermansen, Kristensen, Andersen, Nilson, Mele, Yulmann, Hoyberg, Damsgor, Darami, Hoylund, Dagim.
Portugaliya — Kosta, Kanselu, Diash, Veyga, Mendesh, Vitinya, Fernandes, Netu, Nevesh, Ramush, Leau.
Guruhda o‘tkazilgan dastlabki ikki turdan keyin Portugaliya 6 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Daniya esa 3 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan.
Ma’lumot o‘rnida, Portugaliya Millatlar Ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Jamoa o‘tgan mavsum finalida Ispaniya bilan asosiy vaqtda 2:2 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 5:3 hisobida g‘alaba qozongan.
Portugaliya musobaqa tarixida ikki marta bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Avvalroq Krishtianu Ronaldu Portugaliya yig‘inini tark etgani ma’lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi