Live
9
O'zbek

Rahmonaliyev: «Muxlislar kutgandan ham yaxshiroq natija qayd etdik»

Futbol
1 oktabr, 14:20
    17
O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Suriyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Rahmonaliyev: «Muxlislar kutgandan ham yaxshiroq natija qayd etdik»
Foto: UFA
01.10.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston O‘zbekiston 4 : 1 Suriya Suriya

O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyev Suriyaga qarshi o‘yin (4:1)dan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘yin biz kutgandan yaxshi o‘tdi.

To‘g‘ri, Suriya milliy jamoasi har doim bizga qiyinchilik tug‘dirgan. Ular jangovar o‘yin uslubi bilan har doim nazoratni o‘ziga og‘dirib olishga harakat qiladi va bugun biz bu uslubdan 20-daqiqagacha qiynaldik.

Goldan keyin ular yana ham erkin o‘ynashdi. O‘ylaymanki, biz muxlislar kutgandan ham yaxshiroq natija qayd etdik.

Menimcha, ertaga kamchiliklarni muhokama qilamiz. Ko‘rib chiqilganda, video tahlillarda bu kamchiliklar yaqqol ko‘rinadi.

Albatta, har bitta o‘yinda kamchiliklar, nuqsonlar, qanaqadir xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. Bularni tahlil qilib, o‘ylaymanki, keyingi o‘yinlarga yanada kuchliroq bo‘lib harakat qilishga intilamiz.

Janubiy Koreyaga qarshi bahslar prinsipial o‘yin hisoblanadi. Shuning uchun maksimal tayyorgarlik ko‘ramiz.

O‘ylashimcha, hamma ijobiy natija kutmoqda. Shuning uchun biz bor kuchimiz bilan harakat qilamiz, natija esa Allohdan. Nima bo‘lganda ham borimizni beramiz», — dedi Rahmonaliyev.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Suriya Suriya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

17 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar