Live
5
O'zbek

Muhammad Hakimov O‘zbekiston milliy jamoasi safida debyut qilgan eng yosh futbolchi bo‘ldi

Futbol
1 oktabr, 12:35
    36
Bunga qadar ushbu rekord Aleksandr Geynrixga tegishli edi.
Muhammad Hakimov O‘zbekiston milliy jamoasi safida debyut qilgan eng yosh futbolchi bo‘ldi
Foto: UFA
01.10.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston O‘zbekiston 4 : 1 Suriya Suriya

Muhammad Hakimov O‘zbekiston milliy jamoasi safida maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirdi.

Iste’dodli futbolchi 16 yosh-u 11 oyligida O‘zbekiston milliy jamoasi libosida maydonga tushib, bu borada yangi rekord o‘rnatdi. Shu tariqa, Hakimov milliy jamoa tarixida milliy jamoada o‘ynagan eng yosh futbolchiga aylandi.

Bunga qadar ushbu rekord Aleksandr Geynrixga tegishli edi. O‘zbekiston futboli tarixida yorqin iz qoldirgan sobiq hujumchi milliy jamoadagi ilk o‘yinini 17 yosh-u 7 oyligida o‘tkazgan.

Muhammad Hakimov esa Geynrixning uzoq yillar davomida saqlanib kelgan natijasini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. U milliy jamoada debyut qilish orqali O‘zbekiston futboli tarixidan joy oldi.

Qayd etish lozim, Hakimov ilk bor maydonga tushgan bahsda O‘zbekiston milliy jamoasi Suriyani yirik 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Suriya Suriya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

36 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar