Live
5
O'zbek

O’Rayli jarohat sabab Angliya milliy jamoasi qarorgohini tark etdi

Futbol
1 oktabr, 11:20
Futbolchi qo‘shimcha tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun «Man Siti»ga qaytdi.
O’Rayli jarohat sabab Angliya milliy jamoasi qarorgohini tark etdi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» himoyachisi Niko O’Rayli jarohat sabab Angliya milliy jamoasi qarorgohini tark etib, klub ixtiyoriga qaytdi. Bu haqda Talksport xabar berdi.

21 yoshli futbolchi Millatlar Ligasining navbatdagi uchrashuvlarida maydonga tushmaydi. O’Rayli Chexiyaga qarshi bahs (2:0)ni o‘tkazib yuborgandi.

Undan avval Ispaniyaga qarshi uchrashuvda (2:3) to‘liq harakat qilgan himoyachi keyingi mashg‘ulotlarni individual dastur asosida o‘tkazdi.

Futbolchi Xorvatiyaga qarshi bahsda va uch kundan keyin Chexiya bilan bo‘ladigan uchrashuvda ishtirok etmaydi. O’Rayli qo‘shimcha tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun «Manchester Siti»ga qaytdi.

Tekshiruvdan so‘ng uning jarohati qay darajada jiddiy ekani aniqlanadi. Angliya bosh murabbiyi Tomas Tuxel esa O’Rayli o‘rniga boshqa futbolchini chaqirmaslikka qaror qilgan.

O’Rayli Angliyaning dastlabki tarkibida safdan chiqqan oltinchi futbolchi bo‘ldi. Avvalroq Koul Palmer, Deklan Rays, Markus Reshford, Kobbi Maynu va Tino Livramento ham jamoa qarorgohini tark etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
Bugungi yangiliklar