Live
3
O'zbek

UEFA «Barselona»ga qarshi «Negreyra ishi» bo‘yicha surishtiruvni davom ettirmoqda

Futbol
1 oktabr, 11:05
Tashkilot «Real»dan katta hajmdagi hujjatlarni qabul qilib olgan.
UEFA «Barselona»ga qarshi «Negreyra ishi» bo‘yicha surishtiruvni davom ettirmoqda
Foto: Getty Images

UEFA «Barselona» bilan bog‘liq «Negreyra ishi» doirasida «Real»dan katta hajmdagi hujjatlarni qabul qilib olganini ma’lum qildi.

Gap kataloniyaliklarning Ispaniya futbol federatsiyasi Hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyra bilan bog‘liq to‘lovlari haqida ketmoqda.

UEFA «Barselona»ga qarshi ushbu masala yuzasidan surishtiruvni dastlab 2023-yilda boshlagan edi.

Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, «Real» taqdim etgan hujjatlar UEFAning etika va intizom inspektorlariga berilgan. Ular yangi materiallarni amaldagi surishtiruv doirasida o‘rganib, baholaydi.

Bungacha «Real» prezidenti Florentino Peres «Barselona»ni hakamlarga ta’sir ko‘rsatganlikda ayblagan edi. Kataloniya klubi esa Negreyra bilan bog‘liq to‘lovlar hakamlik bo‘yicha tayyorlangan hisobotlar va maslahat xizmatlari uchun amalga oshirilganini bildirgan.

Hozircha UEFA ushbu ish bo‘yicha yakuniy qaror yoki jazo e’lon qilgani yo‘q. Avvalroq «Real» UEFAdan «Barselona»ni Negreyra davridagi sovrinlardan mahrum qilishni so‘ragani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar