Madridning «Real» klubi rahbariyati UEFAga rasmiy murojaat yo'llab, «Barselona»ni Xose Mariya Enrikes Negreyra faoliyat yuritgan davrda qo'lga kiritilgan barcha sovrinlardan mahrum qilishni so'radi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Negreyra 2001–2018 yillar davomida Ispaniya Hakamlar texnik qo'mitasi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. Shu davrda «Barselona» 30 dan ortiq sovrinni qo'lga kiritgan, jumladan 9 ta La Liga chempionligi va 4 ta UEFA Chempionlar ligasi bosh sovrinini yutgan.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilda «Barselona»ga poraxo'rlik bo'yicha ayblovlar qo'yilgandi. OAV xabarlariga ko'ra, klub 2001–2018 yillar oralig'ida Negreyra bilan bog'liq kompaniyalarga to'lovlarni amalga oshirgan. Klub esa ushbu ayblovlarni rad etib kelmoqda.
Hozircha UEFA ushbu murojaat yuzasidan rasmiy bayonot bergani yo'q. 2025/26 yilgi La Liga mavsumida «Barselona» Ispaniya chempioniga aylangan bo'lsa, «Real» ikkinchi o'rinni egalladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi