Live
3
O'zbek

Artyom Dzyuba futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi

Futbol
1 oktabr, 10:45
Futbolchi Rossiya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Artyom Dzyuba futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi
Foto: Getty Images

Rossiyalik taniqli hujumchi Artyom Dzyuba professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, u Rossiya kubogida yana biror klub safida maydonga tushish ehtimolini istisno qilmadi.

«Faoliyatim yakunlandi. Tamom. Hozircha buni rasman e’lon qila olmayman. Balki kubokda yana qaysidir jamoa safida o‘ynarman», — deya Dzyubaning so‘zlarini keltiradi «RB Sport».

Ma’lumot o‘rnida, 38 yoshli hujumchi faoliyati davomida «Spartak», «Lokomotiv», «Zenit», «Rostov», «Arsenal», «Tom», «Akron» hamda Turkiyaning «Adana Demirspor» klublarida to‘p tepgan.

Qayd etish lozim, Dzyuba Rossiya chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U mamlakat chempionatida jami 179 ta gol urgan.

Shuningdek, hujumchi Rossiya milliy jamoasi safida 31 ta gol muallifi bo‘lib, milliy jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar maqomiga ham ega.

Avvalroq Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Rossiya Rossiya
Bugungi yangiliklar