Live
2
O'zbek

«Real» himoyachisi Raul Asensio operatsiya qilindi

Futbol
1 oktabr, 08:45
23 yoshli futbolchi o‘ng boldir suyagidagi stress sinishi sabab jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi.
«Real» himoyachisi Raul Asensio operatsiya qilindi
Foto: Getty Images
10.10.2026, 15:00 Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid - : - Villarreal Villarreal

«Real» himoyachisi Raul Asensio muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda Madrid klubi o‘zining rasmiy saytida ma’lum qildi.

23 yoshli futbolchiga o‘ng boldir suyagidagi stress sinishi tashxisi qo‘yilgach, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish zarurati yuzaga kelgan. Klub xabariga ko‘ra, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan.

Asensio yaqin kunlarda tiklanish jarayonini boshlaydi. Avvalroq OAV futbolchining safga qaytishi uchun taxminan ikki oydan to‘rt oygacha vaqt talab qilinishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Raul Asensio ushbu mavsumda hali «Real» safida maydonga tushgani yo‘q. Shu sababli uning jarohati jamoaning himoya chizig‘idagi tarkib imkoniyatlariga ham ta’sir qilmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda «Real» La Liga turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar peshqadam «Barselona»dan 6 ochko ortda qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Real» navbatdagi bahsini 10-oktabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Villarreal Villarreal
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar