Bugun
45
O'zbek

Flik — La Ligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi

Futbol
29 sentabr, 10:19
    9
Yakunlanayotgan oyda jamoa 4 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi.
Flik — La Ligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi
Фото: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik sentabr oyi yakunlariga ko‘ra La Liganing eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar berdi.

Kataloniyaliklar sentabr oyini mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, ketma-ket to‘rtta g‘alabaga erishdi. Avvaliga «Barselona» safarda «Valensiya»ni 5:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Keyin esa «Levante»ni (4:2) taslim etdi.

Shundan so‘ng «ko‘k-anorranglilar» o‘z maydonida «Rasing»ni (7:2) tor-mor keltirdi. Oy yakunida esa «Sevilya» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, nemis mutaxassisi «Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone hamda «Betis» ustozi Manuel Pellegrinidan ustun keldi.

Ayni paytda «Barselona» 21 ochko jamg‘argan holda La Liga jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Flik shogirdlari navbatdagi uchrashuvini 10-oktabr kuni o‘z maydonida «Xetafe»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar