Rafinya Dias «Barselona» ixtiyoriga muddatidan oldin qaytib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Avstraliyaga (4:2) qarshi o‘rtoqlik bahsida son qismidagi muammo tufayli tanaffusda almashtirilgandi.
Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) futbolchining Hindistonga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi va klubi ixtiyoriga qaytishini tasdiqladi.
«Chorshanba kuni Rafinya tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va unda o‘ng sonining orqa qismida kichik mushak shishi aniqlandi.
Ehtiyot chorasi sifatida hamda futbolchining tezroq tiklanishi uchun u Braziliya milliy jamoasi tarkibidan chiqariladi. Uning o‘rniga boshqa futbolchi chaqirilmaydi», — deyiladi CBF bayonotida.
Rafinya muddatidan avval «Barsa» ixtiyoriga qaytadi
Futbol
30 sentabr, 14:21
16
Braziliyalik hujumchi Avstraliyaga qarshi bahsda son qismidagi og‘riq sabab almashtirilgandi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi