Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Rafael Leau Krishtianu Ronaldu milliy jamoa ixtiyorini tark etganidan keyin 7-raqamni qanday qabul qilgani haqida gapirdi. Uning so‘zlarini FullTime Report keltirdi.
Leauning aytishicha, u jamoa vakillariga 7-raqamli futbolkani kiyishni istamasligini bildirgan. Biroq mutasaddilar futbolchining fikrini inobatga olmagan va unga ushbu raqamni bergan.
«Men ularga: «Yo‘q, men bu futbolkani xohlamayman», dedim. Ammo ular turib olishdi. Mening pozitsiyam oddiy edi: Krishtianu ma’lum sabablarga ko‘ra endigina milliy jamoadan ketdi. Biz uni hurmat qilishimiz va navbatdagi xalqaro tanaffusgacha 7-raqamni saqlab qolishimiz kerak edi. Ammo ular turib olishdi va mening raqamimni 7 ga o‘zgartirishdi.
Men hech qachon bu futbolkani kiyishni xohlamaganman, chunki bu katta mas’uliyat. Bundan tashqari, uni kiyish uchun hali juda erta, chunki Ronaldu endigina jamoani tark etdi», — dedi Leau.
Shu tariqa Rafael Leau Portugaliya milliy jamoasida Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq bo‘lgan 7-raqamni vaqtincha qabul qildi. Portugaliya vakillari navbatdagi xalqaro tanaffusgacha ushbu raqamdan foydalanishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya milliy jamoasi 1-oktabr kuni UEFA Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi safar bahsida maydonga tushadi.