Bugun
20
O'zbek

O‘zbekistonlik hakamlar «FIFA ASEAN Cup 2026» bahsida ishlaydi

Futbol
1 oktabr, 07:15
Indoneziya va Bangladesh o‘rtasidagi guruh bosqichi bahsida uch nafar o‘zbekistonlik mutaxassis faoliyat olib boradi.
O‘zbekistonlik hakamlar «FIFA ASEAN Cup 2026» bahsida ishlaydi
Foto: O'FA

Bugun «FIFA ASEAN Cup 2026» musobaqasi guruh bosqichi doirasida Indoneziya va Bangladesh milliy jamoalari o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tadi. Ushbu bellashuvda o‘zbekistonlik hakamlar ham o‘z vazifalarini bajaradi.

Bahsda Sanjar Shoyusupov yordamchi hakam sifatida faoliyat olib boradi. VAR tizimida esa yana ikki nafar o‘zbekistonlik mutaxassis ishlaydi.

Ahrol Risqullayev VAR hakami, Ibrohim Ismoilov esa AVAR hakami sifatida bellashuv davomida hakamlar brigadasiga yordam beradi.

Shu tariqa O‘zbekiston futbol hakamligi vakillari xalqaro maydondagi navbatdagi musobaqada o‘z tajribalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bugungi yangiliklar