Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassis Branko Chirich «Andijon» klubini tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Serbiyalik mutaxassis ushbu mavsum boshidan beri «Andijon»da faoliyat yuritib kelayotgandi. Uning jamoa bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilindi.
Qayd etilishicha, Chirich oilaviy sabablarga ko‘ra o‘z yurtiga qaytishni ma’qul ko‘rgan. Shu tariqa mutaxassis «Andijon»dagi faoliyatini yakunladi.
Klub Branko Chirichga jamoa tarkibida olib borgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi hamda uning keyingi ish faoliyatida omad tiladi.
Ma’lumot uchun, «Andijon» Superliga 22-turidan so'ng 30 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda.