Live
5
O'zbek

«Barselona» UEFA «Negreyra ishi» bo‘yicha yangi surishtiruv boshlamaganini ma’lum qildi

Futbol
1 oktabr, 12:20
Klub surishtiruv Ispaniyada davom etayotgan jinoiy ish natijalariga bog‘liqligini ta’kidladi.
«Barselona» UEFA «Negreyra ishi» bo‘yicha yangi surishtiruv boshlamaganini ma’lum qildi
Foto: Getty Images

«Barselona» «Real» tomonidan «Negreyra ishi»ga oid hujjatlarning UEFAga taqdim etilishi kataloniyaliklarga nisbatan yangi intizomiy ish ochilganini anglatmasligini ta’kidladi.

Klub bayonotiga ko‘ra, UEFA ushbu ish bo‘yicha yangi surishtiruv boshlamagan. Tekshiruv 2023 yilda ikki nafar inspektor tayinlanishi bilan boshlangan va hozirga qadar yopilmagan. «Barselona» shu vaqt davomida tekshiruvchilarning barcha talablarini bajarib kelganini bildirdi.

«UEFA bayonotida «Real» taqdim etgan hujjatlar qabul qilingani va ular amaldagi surishtiruv doirasida o‘rganilishi aytilgan. Demak, gap yangi ish ochilishi yoki avvalgi ishning qayta tiklanishi haqida ketmayapti», — deyiladi klub bayonotida.

Shuningdek, hozirga qadar UEFA inspektorlari «Barselona»ga yangi talab yubormagani va «Real»ning murojaatini klubga taqdim etmagani qayd etildi.

Kataloniyaliklar surishtiruv Ispaniyada davom etayotgan jinoiy ish natijalariga bog‘liqligini ham ta’kidladi. Qolaversa, «Barselona» 2023 yildan buyon UEFA litsenziyalarini olishda davom etayotgani va tashkilot musobaqalarida ishtirok etayotganini eslatdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar