Live
3
O'zbek

Kannavaro: «Hammaga birdek qarayman, menda asosiy tarkib vakili yoki zaxira futbolchisi degan gap yo‘q»

Futbol
1 oktabr, 13:25
    10
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Suriyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Kannavaro: «Hammaga birdek qarayman, menda asosiy tarkib vakili yoki zaxira futbolchisi degan gap yo‘q»
Foto: UFA
01.10.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston O‘zbekiston 4 : 1 Suriya Suriya

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Suriyaga qarshi o‘yin (4:1)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Hammaga xayrli kech. Bugun birgalikda ajoyib harakat qildik. Yaxshi o‘yin bo‘ldi, shu ruhda davom etishimiz kerak. Lekin ko‘p jihatlarda rivojlanishimiz ham kerak.

Qadam-baqadam hammasini yaxshilashga harakat qilyapmiz. Navbatda Janubiy Koreyaga qarshi bahs kutib turibdi, boshqa bahslar kabi bu bellashuv ham qiyin o‘tishi aniq.

Hammaga bir xil tempda shug‘ullanishini xohlayman. Hammaga birdek qarayman, menda asosiy tarkib vakili yoki zaxira futbolchisi degan gap yo‘q.

Suriyaning Iordaniyaga qarshi bahsini kuzatdik va ular 1:1 hisobida durang o‘ynashgandi. Shundan kelib chiqib, jiddiy tayyorlanishimiz kerak edi.

Standart vaziyatlar ojiz nuqtamiz bo‘lib qolayapti? Siz har doim ham mukammal bo‘la olmaysiz. Eronga qarshi bahsda biz juda ajoyib harakat qildik. Vaholanki, raqib Osiyodagi eng kuchli jamoalardan biri.

Samandar Muratbayev haqida hali bir qarorga kelmadik. U Osiyo o‘yinlaridan qaytganidan so‘ng bu haqda suhbatlashamiz va uning biz bilan Janubiy Koreyaga ketish-ketmasligi bo‘yicha yakuniy xulosaga kelamiz.

Jahon chempionatida biz top milliy jamoalarga qarshi bahs olib bordik. Biz ushbu bellashuvlarda intensiv va agressiv bo‘lish muhim ekanini o‘rgandik.

Biz futbolchilarga pressing qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini o‘rgatishga urinyapmiz. Futbolda eng muhimi — vaqt va bo‘sh hudud. Pressing esa shu ikki jihatdan qanchalik unumli foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi.

Jamoam ko‘rsatayotgan o‘yinidan juda mamnunman. Qisqa muddatda yangi sxemaga moslasha oldik. Ushbu tizim ostida kechgan bahslarda 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Bu ham ahamiyatga molik ko‘rsatkich.

Hozirdan 3 oydan keyingi o‘yinlar va undagi ehtimoliy muammolar haqida gapiryapsiz. Biz Osiyo kubogida finalgacha osonroq yo‘ldan borish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz.

Hozirdan hech narsa aytib bo‘lmaydi. Balki Yaponiya muddatidan oldin musobaqani tark etar, balki boshqa jamoa boshog‘riq bo‘lishni uddalar.

Ayni vaqtda esa turnirgacha va turnir davomida biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimizni ayta olaman», — dedi Kannavaro.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Suriya Suriya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar