Live
1
O'zbek

O‘rtoqlik bahslari. AQSH Chilini mag‘lub etdi, Meksika va Peru durang o‘ynadi

Futbol
29 sentabr, 23:00
AQSH 4:2 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Meksika va Peru bahsida g‘olib aniqlanmadi.
O‘rtoqlik bahslari. AQSH Chilini mag‘lub etdi, Meksika va Peru durang o‘ynadi
Foto: Getty Images
29.09.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari AQSH AQSH 4 : 2 Chili Chili

O‘rtoqlik bahslari doirasida AQSH Chilini 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Meksika va Peru terma jamoalari esa 1:1 hisobida durang qayd etdi.

AQSH va Chili o‘rtasidagi bahsda hisob 37-daqiqada ochildi. Sebastyan Berhalter mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunida Diego Ulloа hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Chili oldinga chiqdi. 49-daqiqada Moskvaning «Dinamo» klubi yarimhimoyachisi Maksimiliano Gutyerres gol urib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Biroq AQSH tezda javob qaytardi. 51-daqiqada Jyulian Xoll hisobni tenglashtirdi.

72-daqiqada Kris Richards AQSHni yana oldinga olib chiqdi. Qo‘shib berilgan vaqtning 3-daqiqasida Matias Albert mezbonlarning to‘rtinchi golini urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:2.

Meksika va Peru o‘rtasidagi bahsda esa mehmonlar 27-daqiqada hisobni ochdi. Xayro Veles raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Meksika 49-daqiqada javob golini urdi. Viktor Gusman Denzell Garsiyaning uzatmasidan keyin hisobni tenglashtirdi — 1:1. Qolgan vaqtda jamoalar boshqa gol ura olmadi.

Ma’lumot uchun, AQSH 4-oktabr kuni Meksikaga qarshi maydonga tushadi. Peru esa 3-oktabr kuni Kanadaga qarshi o‘rtoqlik bahsida ishtirok etadi.

O‘rtoqlik bahsi
AQSH — Chili 4:2

Gollar: Berhalter 37, Ulloа 45, Gutyerres 49, Xoll 51, Richards 72, Albert 90+3.

O‘rtoqlik bahsi
Meksika — Peru 1:1

Gollar: Veles 27, Gusman 49.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AQSH AQSH
  • Chili Chili
  • Meksika Meksika
  • Peru Peru
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar