«PSJ» va Portugaliya milliy jamoasi chap qanot himoyachisi Nunu Mendesh Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli hujumchi Millatlar ligasida Daniyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z qarori bilan mojaroli tarzda milliy jamoa qarorgohini tark etgan edi.
— Ronalduning milliy jamoaga qaytishidan xursand bo‘larmidingiz?
— Krishtianu hamon jamoa futbolchisi. Ammo hozir biz ko‘proq o‘z oldimizda turgan vazifalar va murabbiyning g‘oyalarini maydonda amalga oshirishga e’tibor qaratganmiz. Qolgan masalalarni biz hal qilmaymiz. Bizga qo‘shilgan har bir futbolchini mamnuniyat bilan qabul qilamiz, — deya Mendeshning so‘zlaridan keltiradi Al Nassr Zone nashri.
Avvalroq matbuotda Ronaldu milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq futbolchi bu haqda hali rasman e’lon qilganicha yo‘q.