«Atletik» va Ispaniya milliy jamoasi ving eri Niko Uilyams jarohati sabab «qizil furiya» qarorgohini tark etdi.
Futbolchi Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi o‘yindan (4:1) keyin chap son qismida noqulaylik his qilgan.
Milliy jamoaning 1-oktabr kungi mashg‘ulotida ishtirok etmadi va tibbiy ko‘rikdan so‘ng «Atletik» ixtiyoriga qaytarildi. Uilyams tiklanish jarayonini klub shifokorlari nazorati ostida o‘tkazadi.
Avvalroq Erik Garsiya va Alexandro Grimaldo ham sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab Ispaniya milliy jamoasi qarorgohini tark etgan edi.
Shu tariqa uch futbolchi ham 3-oktabr kuni Chexiya va 6-oktabr kuni Xorvatiyaga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etmaydi.
Ispaniya bundan avvalgi Angliya va Xorvatiyaga qarshi bahslarda g‘alaba qozonib, o‘z guruhida peshqadamlikni davom ettirmoqda.