Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat jamoa ichidagi muhitga ta’sir qilayotgan-qilmayotgani haqida fikr bildirdi.
Shuningdek, u Millatlar ligasi 3-turida Daniya (4:2) ustidan qozonilgan g‘alabaga ham to‘xtaldi.
— G‘alaba har doim yoqimli. O‘yindan keyin tahlil o‘tkazamiz va o‘sishni ko‘ramiz. So‘nggi yillarda bu yerga kelib, 4:2 hisobida g‘alaba qozongan nechta jamoa bo‘lganini bilmayman. Bu Daniya 15 yil avvalgi Daniya emas. Keyin menga pressing ham yoqdi, u ham juda ma’qul bo‘ldi. Meni allaqachon tabriklashdi va Portugaliya juda yaxshi o‘ynayotganini aytishdi.
— Futbolchilar sizga ishonch bildirayotganini his qilyapsizmi?
— Ular men bilan emasligini ko‘rsatadigan hech narsa yo‘q. Muhimi, biz nima qilishimiz kerakligidir. Har xil vaziyatlar bo‘lishi mumkin, ammo bu jamoani bo‘lmaydi va bizni ajratmaydi.
— Barcha shov-shuvlar fonida bu g‘alaba yanada muhim bo‘ldimi?
— Asosiysi — g‘alaba qozonish! Bu murabbiyning hayoti. Murabbiyning ishi shu, bu nima ekanini bilasiz. Hammasini unuting... Bu g‘alaba deb ataladi», — deya Jezushning so‘zlaridan keltiradi Record nashri.