Bugun
26
O'zbek

O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA reytingida yana bir pog‘ona ko‘tarildi

Futbol
2 oktabr, 00:38
    16
Ushbu g‘alaba O‘zbekiston hisobiga 3,75 reyting ochkosini qo‘shib berdi.
O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA reytingida yana bir pog‘ona ko‘tarildi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA onlayn reytingida yana bir pog‘ona ko‘tarildi.

Fabio Kannavaro boshqaruvidagi «oq bo‘rilar» 1-oktabr kuni o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Suriyani 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Husayn Norchayev dubl qayd etdi. Sherzod Esanov va Akmal Mozgovoy ham bittadan gol urdi.

Ushbu g‘alaba O‘zbekiston hisobiga 3,75 reyting ochkosini qo‘shib berdi.

Natijada milliy jamoa FIFA onlayn reytingida bir pog‘ona ko‘tarilib, 58-o‘rinni egalladi.

Avvalroq Eron ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin O‘zbekiston 59-o‘ringa ko‘tarilgan edi.

Endilikda O‘zbekiston 6-oktabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi safarda o‘ynaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

16 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar