«Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi Arturo Vidal Krishtianu Ronalduning Portugaliya milliy jamoasi qarorgohini tark etishi bilan bog‘liq mojaroga munosabat bildirdi.
«Krishtianu — Portugaliyani dunyoning eng kuchli terma jamoalari qatoriga olib chiqqan futbolchi. U Portugaliyani butunlay boshqa darajaga ko‘tardi. Shaxsan men uni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Aytishim mumkinki, Ronaldu futbol tarixidagi eng buyuk to‘rt futbolchidan biri. Unga nisbatan qilingan munosabat — mutlaqo hurmatsizlik», — deya Vidalning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu bosh murabbiy Jorge Jezus bilan kelishmovchilik sabab milliy jamoa qarorgohini tark etgandi. Bu esa ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Avvalroq Portugaliya Millatlar ligasi 3-turi doirasida safarda Daniyani 4:2 hisobida mag‘lub etgandi. Bu g‘alabadan so‘ng Portugaliya hisobida hozir 9 ochko bor.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi