Live
3
O'zbek

Kurtua «Real»da qolish uchun o‘zi uchun foydali bo‘lgan takliflarni rad etdi

Futbol
4 oktabr, 08:45
Belgiyalik darvozabon Madrid klubida faoliyatini yakunlamoqchi.
Kurtua «Real»da qolish uchun o‘zi uchun foydali bo‘lgan takliflarni rad etdi
Foto: Getty Images

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua klubdagi faoliyatini davom ettirish uchun moliyaviy jihatdan foydali bo‘lgan takliflarni rad etgan. Bu haqda Diario AS xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, posbon hozirgi jamoasida qolish istagini bildirgan. Shuningdek, Tibo amaldagi shartnomasi oxirigacha jamoadan ketmaslikni va professional faoliyatini aynan Madrid klubi safida yakunlashni rejalashtirmoqda.

Qayd etish lozim, Kurtua 2018 yil yozida «qirollik klubi» futbolchisiga aylangan. Belgiyalik posbon madridliklar safida 14 ta sovrinni qo‘lga kiritgan va ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Ma’lumot o‘rnida, Kurtua ushbu mavsum klub safida barcha musobaqalar doirasida 8 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z darvozasidan 9 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Avvalroq Tibo «qaymoqranglilar» bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin ekani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar