«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso «Barselona»ning 23 yoshli yarimhimoyachisi Fermin Lopes transferini amalga oshirishni talab qilmoqda. Ispaniyalik mutaxassis futbolchining tezligi, yuqori intensivlikdagi o‘yini va jarima maydoniga tez-tez kirib borish qobiliyatini o‘z jamoasi uchun mos deb hisoblamoqda.
Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Alonso Lopesni «Chelsi»dagi loyihasining muhim futbolchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Murabbiy yarimhimoyachining hujumdagi faolligi va jarima maydonida vaziyat yaratish qobiliyatini yuqori baholamoqda.
«Alonso Lopesni tezlik, intensivlik va jarima maydonida paydo bo‘lish qobiliyati tufayli o‘z loyihasiga juda mos keladi, deb hisoblamoqda», — deyiladi El Nacional xabarida.
Biroq «Barselona» Lopesni sotishni istamayapti. Kataloniya klubi 23 yoshli futbolchi bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun kamida 120 mln yevrolik taklifni kutmoqda. Manbaga ko‘ra, amalda transfer summasi bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin.
Lopes «Barselona»ning asosiy tarkibidagi muhim futbolchilardan biri hisoblanadi. Uning hujumkor yarimhimoyachi sifatidagi o‘yin uslubi Xabi Alonso boshchiligidagi «Chelsi» uchun qiziqish uyg‘otgan.