Live
4
O'zbek

Oliveyra va Lopes UFC 335 turnirining asosiy jangida BMF kamari uchun oktagonga chiqadi

MMA
4 oktabr, 08:55
Turnirning ikkinchi asosiy jangida Sergey Pavlovich va Aleks Pereyra to‘qnash keladi.
Oliveyra va Lopes UFC 335 turnirining asosiy jangida BMF kamari uchun oktagonga chiqadi
Foto: UFC

UFC 335 turnirining asosiy jangi rasman e’lon qilindi. Oqshomning markaziy to‘qnashuvida Charlz Oliveyra va Diego Lopes oktagonga ko‘tariladi.

Jang yengil vazn toifasida o‘tkaziladi va unda BMF kamari o‘rtaga qo‘yiladi. Shu tariqa, Oliveyra va Lopes besh raundlik asosiy jangda ushbu maxsus kamar uchun kurash olib boradi.

Shuningdek, UFC 335 kardidan o‘rta vazn toifasidagi Jo Payfer va Bo Nikal o‘rtasidagi jang ham o‘rin oldi.

Turnirning ikkinchi asosiy jangida esa og‘ir vazn toifasi vakillari Sergey Pavlovich va Aleks Pereyra to‘qnashadi. Ularning jangi ham besh raundga mo‘ljallangan.

Ma’lumot o‘rnida, UFC 335 turniri 13 dekabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. Oqshomning asosiy e’tibori Oliveyra va Lopes o‘rtasidagi BMF kamari uchun jangga qaratiladi.

Avvalroq Siril Gan va Josh Xokit UFC 334 turnirida chempionlik kamari uchun jang qilishi haqida xabar berilgandi.

Bugungi yangiliklar