UFC og‘ir vazn toifasida chempionlik jangi o‘tkazilishini rasman e’lon qildi.
Siril Gan va Josh Hokit 15 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan UFC 334 turnirining asosiy jangida oktagonga chiqadi. Jang g‘olibi og‘ir vazn toifasida chempionlik kamariga ega bo‘ladi.
Gan professional faoliyati davomida 16 ta jang o‘tkazib, 14 ta g‘alaba qozongan va ikki marta mag‘lubiyatga uchragan. Fransiyalik jangchi so‘nggi bahsida Aleks Pereyrani nokautga uchratib, UFC’ning og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik chempioniga aylangandi.
Hokit esa hozirga qadar professional MMA’da mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. U o‘tkazgan 10 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. Amerikalik sportchi so‘nggi to‘qnashuvida tajribali Derrik Lyuisni nokautga uchratgan.
Endi Gan va Hokit UFC 334 turnirida og‘ir vazn toifasining chempionlik kamari uchun o‘zaro hisob-kitob qiladi.