Osiyo o‘yinlari guruh bosqichi 3-turi doirasida O‘zbekiston U-23 milliy jamoasining Vetnamga qarshi uchrashuv uchun boshlang‘ich tarkibi e’lon qilindi.
Bosh murabbiy Ravshan Haydarov quyidagi futbolchilarni asosiy tarkibga kiritdi:
21. Muratbayev, 2. Xamidov, 3. Murtazoyev, 4. Rizaqulov, 5. Xushvaqtov, 8. Saidov, 10. O‘rinboyev (sardor), 11. Jumayev, 13. To‘lqinbekov, 15. Abduнаzarov, 19. Karimov.
Zaxira: Murkayev, Xayrullayev, Baxromov, Saidnurillayev, Rustamov, Reimov, Abdurahmonov, O‘rmonjonov, Abdullayev, Ibraimov, Shodiboyev.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston U-23 va Vetnam U-23 jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da boshlanadi.
Ayni vaqtda o‘zbekistonlik futbolchilar 6 ochko to‘plagan holda guruhda yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Vetnam jamoasida esa 4 ochko mavjud va ular 2-o‘rinni band etgan.

Foto: O‘FA
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi