Samarqand mezbonlik qilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 6-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
Markaziy to‘qnashuvda 100 foizlik natija qayd etib kelayotgan ikki jamoa to‘qnash keldi va unda O‘zbekiston musobaqaning amaldagi g‘olibi Hindiston ustidan muhim g‘alabaga erishdi — 2,5:1,5.
Nodirbek Yoqubboyev Nihal Sarinaga qarshi partiyada ustun kelib, asosiy qahramonga aylandi. Qolgan barcha taxtalarda durang natija qayd etildi. Nodirbek Abdusattorov Rameshbabu Praggnanandhaa bilan, Javohir Sindorov Arjun Erigaisi bilan, Shamsiddin Vohidov esa amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju bilan durangga erishdi.
6-tur partiyalari natijalari:
Nodirbek Abdusattorov — Rameshbabu Praggnanandhaa 0,5:05
Javohir Sindorov — Arjun Erigaisi 0,5;0,5
Nodirbek Yoqubboyev — Nihal Sarin 1:0
Shamsiddin Vohidov — Gukesh Dommaraju 0,5:0,5
Qatorasiga 6 ta turda g‘alaba qozongan O‘zbekistonning birinchi raqamli jamoasi 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi Xitoyda 11 ochko bor. Keyingi pog‘onalardagi Hindiston, Niderlandiya va Germaniyada 10 tadan ochko bor.
Butunjahon shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston amaldagi chempion Hindistonni mag‘lub etdi
Boshqalar
21 sentabr, 10:50
19
Nodirbek Yoqubboyev raqibidan ustun kelib, kun qahramoniga aylandi. Qolgan 3 ta taxtada durang qayd etildi.
Foto: UzChess
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi