O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi. Dastlabki kundagi mashg‘ulotlar yakuniga yetdi. Milliy jamoa yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
«Milliy jamoaga qaytish yoqimli. 2–3 oydan keyingi ilk yig‘inimiz. Hammaning kayfiyati yaxshi. Yig‘inga chaqirilgan futbolchilar kelmoqda. O‘ylaymanki, ushbu o‘quv-yig‘indan o‘zimiz uchun kerakli foydani olamiz.
Baribir yangi futbolchilar chaqirilgan. Lekin kuchsiz futbolchilar chaqirilmaydi. Yig‘inga kelgan har biri munosib bo‘ladi. Kim kelishidan qatʼi nazar, o‘zini namoyon etishga harakat qiladi. Yangi kelganlar bilan yig‘in davomida tanishamiz», — dedi Fayzullayev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi 24 sentyabr kuni Farg‘onada Eronga qarshi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi