Live
3
O'zbek

Jaka koronavirus davrida vaksinatsiya sertifikatini qalbakilashtirganini tan oldi

Futbol
21 sentabr, 09:05
Shveytsariyalik yarimhimoyachi bu borada olib borilayotgan tergov ishida qatnashmoqda.
Jaka koronavirus davrida vaksinatsiya sertifikatini qalbakilashtirganini tan oldi
Foto: Getty Images

«Sanderlend» klubi va Shveytsariya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Granit Jaka koronavirus pandemiyasi davrida vaksinatsiya bo‘yicha sertifikatni qalbakilashtirganini tasdiqladi.

Avvalroq 33 yoshli futbolchi vaksinatsiya haqidagi ehtimoliy qalbaki ma’lumotnoma sabab jinoiy tergov ishiga tortilgani ma’lum qilingandi.

«So‘nggi kunlarda o‘tmishimdagi bir voqea haqida ko‘p gap-so‘zlar bo‘ldi. Bu masala yuzasidan shaxsan o‘z fikrimni bildirmoqchiman.

O‘sha paytda men juda xavotirda edim va Covid-19’ga qarshi vaksinatsiya borasida jiddiy qo‘rquvlarim bor edi. Men vaksinadan juda qattiq shubhalanardim, qo‘rquv va ishonchsizlikni his qilardim. Bu xavotirlar fonida barcha savollarga aniqlik kiritish o‘rniga vaksinatsiya sertifikatini oldim.

Hozir tushunyapmanki, noto‘g‘ri yo‘lni tanlagan ekanman. Bu xato edi. Buning uchun afsusdaman. Ushbu qaror uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman, tergovda ishtirok etib, vakolatli organlar bilan to‘liq hamkorlik qilyapman»,
— deb yozdi Jaka Instagram’da.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sanderlend Sanderlend
  • Shveytsariya Shveytsariya
Bugungi yangiliklar