Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi (RFEF) bosh murabbiy Luis de la Fuente bilan shartnomani uzaytirganini ma’lum qildi.
Ispaniya milliy jamoasi ustozi bilan yangi bitim 2032-yilgi Yevropa chempionati yakuniga qadar amal qiladi. Avvalroq kelishuv 2030-yilgacha uzaytirilishi xabar qilingandi.
65 yoshli De la Fuente 2022-yildan buyon Ispaniya milliy jamoasiga boshchilik qilib kelmoqda. Uning rahbarligida «qizil furiya» 2022/23-yilgi mavsumda Millatlar ligasida, Yevro-2024 va Jahon chempionati-2026da g‘olib bo‘ldi.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi