Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «Barselona» vingeri Lamin Yamal haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik futbolchi «Oltin to‘p» uchun kurashda Mbappening raqiblaridan biri hisoblanadi.
«Menimcha, u juda iqtidorli futbolchi. Uning oldinda katta faoliyat kutayotganini his qilyapman. Unga barcha yaxshiliklarni tilayman», — dedi Mbappe Diario AS nashriga bergan intervyusida.
19 yoshli Yamal ushbu mavsum barcha turnirlarda 7 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Yamalning transfer qiymatini 220 million yevroga baholamoqda. Ayni paytda u dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi