Live
1
O'zbek

Kurtua: «Hozircha yana 5-6 yil futbol o‘ynashni istayman»

Futbol
17 sentabr, 12:04
    6
Belgiyalik 34 yoshli kiperning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili tugaydi.
Kurtua: «Hozircha yana 5-6 yil futbol o‘ynashni istayman»
Фото: Getty Images

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua yaqin yillarda futbolchilik faoliyatini yakunlash niyati yo‘qligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, belgiyalik 34 yoshli kiperning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili tugaydi. Biroq tomonlar kelishuvni 2028-yilgacha uzaytirish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgan.

«Hali qaror qilganim yo‘q. Asosiy jamoa murabbiyi bo‘lishni xohlarmidim — bilmayman. Futbolchilar bilan ishlab, juda tez qarib qolasan kerak. Ehtimol, «Real»ning darvozabonlar bo‘limida ishlash, yuqori darajadagi akademiya yaratish va tayyor darvozabon sotib olish o‘rniga yangi Tibo Kurtuani tarbiyalab yetishtirish qiziq bo‘lardi. Ammo hozircha yana 5-6 yil futbol o‘ynashni istayman», — deya Kurtua so‘zlaridan keltiradi AS nashri.

Eslatib o‘tamiz, Tibo «Chelsi»dan «Real» safiga kelib qo‘shilgan. Shundan beri jamoaning asosiy kiperi hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar