Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio Vinisius Juniorni «Atletiko»ga qarshi bahsda zaxirada qoldirmoqchi emas.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis braziliyalik futbolchini qo‘llab-quvvatlashni va avvalgi xatolarni takrorlamaslikni istamoqda. Shu sababli Vinisius yaxshi sport formasida bo‘lmasa ham, asosiy tarkibdan joy olishi kutilmoqda.
Biroq Yan Diomandening so‘nggi bahslardagi samarali o‘yini Vinisiusning yaqin kelajakda asosiy tarkibdagi o‘rnini xavf ostida qoldirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» va «Real» o‘rtasidagi La Liganing 7-turidan o‘rin olgan bahs 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanadi.
Ma'lumot uchun, Vinisius ushbu mavsumda La Ligada beshta bahsda maydonga tushib, gol ura olmagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi