Bugun
39
O'zbek

Uorton qishda «Kristal Pelas»ni tark etmaydi

Futbol
17 sentabr, 16:37
Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Uorton qishda «Kristal Pelas»ni tark etmaydi
Фото: Getty Images

«Kristal Pelas» yarimhimoyachisi Adam Uorton qishki transfer oynasida jamoasini tark etishi kutilmayapti. Bu haqda insayder Devid Ornshteyn xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, angliyalik 22 yoshli futbolchiga bir qator top-klublar qiziqish bildirayotgan bo‘lsa-da, hozircha uning yanvar oyida transferi amalga oshishi ehtimoli past. Futbolchiga «Chelsi» va «Liverpul» jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu klublar Uorton transferiga asosiy da’vogar sifatida ko‘rsatilmoqda.

O‘z navbatida, «Kristal Pelas» rahbariyati ham Adamni sotib yuborishni rejalashtirmayapti. Shu sabab klub top-jamoalardan kelayotgan takliflarni ko‘rib chiqmayapti.

Ma’lumot uchun, Uorton 2024-yilda «Blekbern»dan «Kristal Pelas»ga ko‘chib o‘tgan. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Avvalroq «Aston Villa» klubi «burgutlar» forvardi Jan-Filipp Matetani o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
Bugungi yangiliklar