Bugun
39
O'zbek

Superliga. «Navbahor» «Dinamo»ni irodali tarzda mag‘lub etdi

Futbol
17 sentabr, 11:06
    53
Namanganliklar ikki bor ortda qolganiga qaramay, tanaffusgacha uchta gol urib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi.
Superliga. «Navbahor» «Dinamo»ni irodali tarzda mag‘lub etdi
Foto: Dinamo Samarqand
17.09.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Navbahor Namangan Navbahor Namangan 3 : 2 Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand

Superliganing 22-turidan o‘rin olgan bahsda «Navbahor» o‘z maydonida «Dinamo»ni qabul qildi. Namangandagi «Markaziy» stadionida kechgan bahs mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Dinamo» 7-daqiqada Aziz Amonovning goli evaziga hisobni ochdi. 21-daqiqada Shohruh Abdurahmonov hisobni tenglashtirdi, biroq 25-daqiqada Jaloliddin Jumaboyev samarqandliklarni yana oldinga olib chiqdi.

«Navbahor» 39-daqiqada Giorgi Jgerenayaning goli bilan yana muvozanatni tikladi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Shohrux Abdurahmonov dublini rasmiylashtirib, namanganliklarga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Ushbu bahsdan so‘ng «Navbahor» 44 ochko bilan 3-o‘rindagi mavqeini mustahkamladi. «Dinamo» esa 30 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi.

Superliga. 22-tur
Navbahor — Dinamo 3:2
Gollar: Aziz Amonov 7, Shohrux Abdurahmonov 21, 41, Jaloliddin Jumaboyev 25, Giorgi Jgerenaya 39.
Ogohlantirishlar: Giorgi Jgerenaya (18), Nurillo To‘xtasinov (19), Jaloliddin Jumaboyev (26), O‘tkir Yusupov (44), Artyom Radayev (45+7), Muhammadqodir Hamraliev (88).

Navbahor: O‘tkir Yusupov, Islom Mamatkazin, Shohrux Abdurahmonov, Ruslan Jiyanov (Aleks Fernandes, 69), Diyor Xolmatov, Benjamin Teydi (Asadbek Rahimjonov, 69), Umar Adhamzoda (Dilshodjon Komilov, 90+3), Vanya Ilich (Husayn Norchaev, 69), Jasurbek Jaloliddinov, Giorgi Jgerenaya, Muhammadqodir Hamraliyev.
Dinamo: Edem Nemanov, Artyom Radayev, Mixail Shtefan, Nurillo To‘xtasinov, Aziz Amonov (Abdug‘afur Haydarov, 60), Amadu Dumbuya, Raul Jeparov (Rasul Yo‘ldoshov, 46), Jaloliddin Jumaboyev, Akbar Xudayberdiyev (Tigran Avanesyan, 60), Marko Stanoyevich (Ulug‘bek Abdullayev, 78), Behruzbek Obloqulov (Jahongirbek Abdusalomov, 46).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

53 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar